Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Saudiya Arabistoni Saudi Aramco aksiyalarini Nyu-York birjasiga joylashtirishi mumkin
Foto : AP
Saudiya podshohligi Saudi Aramco davlat nef kompaniyasi aksiyalarini Osiyo fond bozorlarida emas, G‘arb birjalarida birlamchi joylashtirish fikrini ma'qul ko‘rmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, IPO (biror moliyaviy tuzilma kafolati ostida aksiyalarini ilk marotaba birja savdolariga qo‘yish) shaklida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish uchun nomzod maydon sifatida Nyu-York, Toronto yoki London birjalari ko‘rib chiqilmoqda. Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Saudiya hukumati «hozircha Nyu York birjasini ma'qul ko‘rmoqda». «Ta'kidlanishicha, bu tarixdagi eng yirik IPO bo‘ladi. Shu sababli, yirik banklar, fond maydonlari rahbariyati, salohiyatli sarmoyadorlar va moliyaviy maslahatchilar manfaatlarining to‘qnashuvini keltirib chiqaradi», - deb yozadi gazeta.
Dastlab, Saudiya aksiyalarini Singapur, Hongkong, Tokio yoki Shanxayda joylashtirish xususida bosh qotirgan. Biroq, mamlakat hukumati bu yo‘nalishda oyoq tirab olmasa kerak, deb yozadi The Wall Street Journal. Ammo, nashr Ar Riyod kayfiyati o‘zgarishining sababini keltirmagan.
O‘tgan yil dekabr oyida Saudiyaning Al Iktisadi nashri yozganidek, Ar-Riyod Saudi Aramco kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi. Bu amaliyot neft giganti aksiyalari IPO vositasida 2017-2018 yillarda birlamchi joylashtirilganidan so‘ng, 10 yil mobaynida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda kompaniyaning kamida 5 foiz aksiyasi sotiladi. Sotish haqidagi so‘nggi qarorni Saudiya hukumati huzuridagi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon rahbarligidagi mamlakatni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha kengash qabul qiladi.
Ta'kidlash joizki, Saudiya Arabistoni neft narxi tushgan bir vaqtda davlat byudjyetini muvozanatlashga urinmoqda. Rasmiy vakillarga ko‘ra, garchi Saudi Aramco dunyoning eng yopiq kompaniyasi va o‘z daromadlarini e'lon qilmasa-da, «trillionlab dollar» turadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026