Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik sobiq amaldor poraxo‘rligi uchun 15 yilga qamaldi
Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumani yer zaxiralari boshqarmasi intizom nazorati guruhi boshlig‘i Lo Veygo 15 mln yuan (2,18 mln dollar) pora olgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Sina portali.
"Fachji vanbao" gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq amaldor o‘z xizmat mavqeini 2005 yildan 2011 yilgacha suiste'mol qilib kelgan. Sud qaroriga ko‘ra, uning 2 mln yuanlik mol-mulki musodara qilinadi hamda uning o‘zi 100 ming yuan jarima to‘laydi.
Xitoyda Si Tszinpin 2012 yil noyabrda hokimiyat tepasiga kelgandan beri korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kampaniya olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026