Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik tanishuvlar saytidagi firibgarligi uchun uzoq muddatga qamaldi
Xitoy sudi tanishuvlar sayti foydalanuvchilaridan 145 ming dollar o‘margan, Shanxayda yashovchi erkakni 11 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi.
"Shanxay jibao" nashrining yozishicha, 6 ayol firibgarning qurboni bo‘lgan. Erkak ayollar bilan Xitoydagi mashhur tanishuvlar sayti orqali tanishgan. Firibgar o‘zini Xitoy-AQSh moliyaviy mutaxassisi sifatida tanishtirgan.
Puto tumani sudi materiallariga ko‘ra, jinoyatchi ayollarni uning nazoratida bo‘lgan investitsion veb-sayt orqali mablag‘lar sarmoya qilishga ko‘ndirgan. Sarmoya qilingan barcha pullar esa uning hisob raqamiga tushgan. Ayollar ma'lum vaqt saytdan pul yechib yurganlar. Biroq keyinroq ularning barcha omonatlari "g‘oyib bo‘lgan".
Firibgarning rafiqasi ham ishtirok etgan aldov sxemasi o‘tgan yil mart oyida jabrdiyda ayollardan biri 300 ming yuan (44 ming dollar) pulini qaytarishni talab qilgandan keyin fosh qilingan. U pullarni ololmagach, politsiyaga murojaat qilgan. Biroz vaqtdan keyin qolgan jabrlanuvchilardan ham da'vo arizalari kelib tushgan.
Firibgar nafaqat o‘zini, balki rafiqasini ham o‘zi bilan qamoqqa tortib ketdi: ayol 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
13:52 / 15.01.2026