Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Microsoft kompaniyasi Android tizimidagi smartfonlar uchun Skype messenjerining "yengillashtirilgan" versiyasini taqdim etdi. Skype Lite nomini olgan ushbu ilova kuchsiz smartfonlar va internet sifati past bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.
Internet sifati yomonlashganda ilova ushbu tezlikka moslashadi va buning natijasida foydalanuvchi xabar va qo‘ng‘iroqlar funksiyasini noqulayliklarsiz ishlatishi mumkin.
Birinchi bosqichda ilova Hindistonda ishlaydi. Ilova hajmi 13 MB bo‘lib, u Android 4.0.3 va undan yuqori bo‘lgan versiyadagi smartfonlarda ishlaydi. Hozirda kompaniya ushbu servis boshqa mamlakatlarda qachon ishga tushishi haqida ma'lumot bermadi.
Mavzuga oid
09:12 / 16.12.2025
Telefon xavfsizligi: zararli APK fayllardan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar
12:23 / 08.12.2025
Telegram Passkey funksiyasini ishga tushirdi, endi parol va SMS kiritish shart emas
19:34 / 03.09.2025
Rossiyada migrantlarni Max o‘rnatishga majburlash taklif qilindi
23:15 / 20.08.2025