Passkey Google, Apple, Samsung va 1Password kabi parol menejerlari bilan mos keladi. Kalitni heç kim körmaydi, u Telegram serverlariga ham yuborilmaydi. Kiriş vaqtida ilova foydalanuvçini telefonning himoya tizimi orqali tanib oladi. Masalan, yuzni skanerlaş, barmoq izi yoki qurilma paroli yordamida.

Bu yondaşuv kirişni tezlaştiradi, parolni eslaş şart emas, SMS keçikişi bilan boğliq noqulayliklar yöqoladi, xavfsizlik esa kuçayadi. Kalit telefonning özida saqlanadi, ya’ni uni heç kim qölga kirita olmaydi.

Passkey funksiyasini yoqiş uçun Telegram ilovasida Sozlamalar → Maxfiylik → Passkey bölimiga kiriladi. Mavjud kalitlar ham şu yerda boşqariladi. Yangilik esa Google Play va App Store’dagi messenjerning yangi versiyalarda allaqaçon paydo bölgan.

Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.