Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Shvetsiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Shvetsiyaning savdo va investitsiya kengashi «Business Sweden» bilan hamkorlikda Toshkent biznes forumi tashkil etdi. Mazkur forum doirasida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi I. Tersman (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) rahbarligidagi Shvetsiya biznesi vakillarining tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2017 yil 22 fevral kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida o‘zbek-shved biznes forumi hamda Shvetsiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.
Anjuman o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Shvetsiya kompaniyalarining O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha tajribalarining taqdimotini o‘tkazish, yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalarini muhokama qilish va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishdir.

Delegatsiya tarkibiga Shvetsiyaning tog‘-kon, energetika, telekommunikatsiya, transport va infratuzilmalarni rivojlantirish sohalaridagi yirik kompaniyalari vakillari kirgan.

Amaliy uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston-Shvetsiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinishi olgan (mln AQSh dollari):

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda Shvetsiya sarmoyasi ishtirokida 8ta korxona faoliyat yuritadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida Shvetsiyaning bitta kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026