Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya ovozkuchaytirgichlar orqali KXDRni Kim Chen Nam qotilligida aybladi
Janubiy Koreya harbiylarining tasdiqlashicha, rasmiy Seul KXDR bilan chegara hududlarda ovozkuchaytirgichlar vositasida efirga uzatish ishlarini boshlagan. Bundan ko‘zlangan maqsad qo‘shni mamlakat fuqarolarini KXDR yetakchisi Kim Chen Irning o‘gay akasi Kim Chen Namning Malayziyada o‘ldirilganidan xabardor qilishdir.
"Biz 34ta ovozkuchaytirgich orqali Shimoliy Koreya aholisi va harbiylarini, ularning yetakchisi Kim Chen In o‘zining katta o‘gay akasi Kim Chen Nam qotilligi ortida turganidan xabardor qilmoqdamiz", — deya o‘z manbasi so‘zlarini keltiradi Yonxap agentligi.
KXDRning sobiq yetakchisi Kim Chen Irning katta o‘g‘li Kuala-Lumpur aeroportida zaharlangan edi. Albatta, zaharlangan kishining pasportida Kim Chxol ismi yozilgan bo‘lsa-da, Malayziya hukumati o‘tgan haftada marhumning aynan Kim Chen Nam ekanini tan olgan edi.
Qotillik bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda, ammo Janubiy Koreya bu jinoyatda rasmiy Pxenyan qo‘li borligiga ishonmoqda. Shimoliy Koreya diplomatlari esa Kim Chxol deb atayotgan shaxsning jasadini berishni talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026