Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A.Mamin: "O‘zbekiston hayotning barcha jabhalarida biz uchun ishonchli hamkor"
23 fevral kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida o‘zbek va qozoq diplomatlari o‘rtasida 16-Hukumatlararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘iston va O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, investitsiya, neft-gaz, bojxona, transport, energetika, elektr texnikasi, temir yo‘l, aviatashuv, mashinasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik va idoralari rahbar va vakillari ishtirok etishdi.
"O‘zbekiston - hayotning barcha jabhalarida biz uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkor", - dedi Qozog‘iston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Asqar Mamin.
Mamin Qozog‘iston va O‘zbekiston qisqa muddatlarda tashqi savdo aloqalarini mustahkamlanishi zarurligini qayd etdi. Qozog‘istonda sanoat, neft va kimyoviy mahsulotlar yo‘nalishi bo‘yicha savdo uylari tashkil etilganini ta'kidlandi. Kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma savdo uylari yaratish rejalashtirilganini ma'lum qildi. A.Mamin yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni oshirish asosiy maqsadlardan biri ekanini ta'kidladi.
Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari iqtisodiy hamkorlikning yangilangan strategiyasi ishlab chiqilganini ma'lum qildi. Unda ikki tomonlama hamkorlik qilinadigan sohalar ko‘lamini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgani qayd etildi.
Shuningdek tadbirda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Ekspo-2017" ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillarining ishtirok etishi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026