Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh F-35 samolyotlarini birinchi marotaba Yevropada joylashtiradi
AQSh harbiy-havo kuchlari o‘zining 5-avloddagi F-35A qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini shu yil bahori yoki yozida birinchi marotaba Yevropada joylashtiradi. Bu haqda AQSh HHK jangovar qo‘mondonligi boshlig‘i, general Gerbert Karlayl jurnalistlarga ma'lum qildi.
Karlayl AQSh bu harbiy samolyotlarni Osiyo-Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqalariga jo‘natishni rejalashtirayotganini ham aytdi.
F-35 ko‘p maqsadli jangovar samolyot bo‘lib, aniqlashni pasaytiruvchi texnologiya qo‘llab loyihalangan va yadroviy jangovar zaryadlar olib yura oladi. Uning yaratilishida AQSh bilan birgalikda 8 ta davlat ishtirok etgan: Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya.
AQShda ushbu samolyot uchta variantda: harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari va dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi uchun ishlab chiqariladi. Samolyotning piyoda qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan varianti vertikal holda uchib-qo‘na oladi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026