O‘zbekiston | 21:36 / 24.02.2017
5753
2 daqiqa o‘qiladi

Endi bankrotlik to‘g‘risidagi ishda sudning apellyatsiya instansiyasi chiqargan qarorlari qayta ko‘rib chiqiladi

24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar «Bankrotlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kreditorlar va qarzdorlarning sud orqali himoya qilinishga bo‘lgan huquqini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Bundan buyon bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sudning apellyatsiya instansiyasi chiqargan qarorlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim, ya'ni yuqori turuvchi instansiyalarga sudlarning qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Umuman olganda, bugungi kunda parlament quyi palatasidagi qonun ijodkorligi faoliyati jarayoni nazorat-tahlil tadbirlarining, deputatlar tomonidan ishlarning haqiqiy ahvoli va aholi ehtiyojlarini joylarga chiqib shaxsan o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda tashkil etilayotgani, bu esa Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ayniqsa dolzarb ekanligi ta'kidlandi.

Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid