Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti AQSh bilan qanday munosabatlar o‘rnatish niyatida ekanini bildirdi
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto Vashington ma'muriyati bilan normal munosabatlar o‘rnatish istagini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
U bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bayonot bergan.
«Donald Tramp ma'muriyati boshqaruvining boshlang‘ich bosqichida ikki vazirning Meksikada bo‘lishi ijobiy munosabatlar o‘rnatish manfaatdorligidan darak beradi. Bu o‘z navbatida Meksika va Qo‘shma Shtatlar xavfsizligi, taraqqiyoti va farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni barpo qiladi», — degan Meksika yetakchisi.
Enrike Penya Netoning ta'kidlashicha, mamlakat hukumati uchun AQShdagi meksikaliklarning huquqlarini himoya qilish muhim vazifalardan biridir.
Bundan avvalroq, AQSh milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli AQShdan Meksikaga deportatsiyalarni amalga oshirishda harbiylar xizmatidan foydalanilmasligiga oydinlik kiritgan edi.
Mavzuga oid
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
23:29 / 22.01.2026
Trampning kuyovi Kushner kurort va osmono‘par binolariga ega «Yangi G‘azo» rejasini namoyish etdi
21:23 / 22.01.2026
"Oskar" kinomukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
20:32 / 22.01.2026