Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z vaqtida aliment to‘lamagan shaxsning chet elga chiqish huquqi cheklab qo‘yiladi
Toshkent shahar hokimining 2016 yil 21 dekabr kungi 1137 sonli “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy va huquqiy majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.
Shu munosabat bilan, 2017 yil 24 fevral kuni Sud ijrochilarining Chilonzor tumani bo‘limi hamkorligida mahalla faollari bilan aliment davriy to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamay yurgan shaxslarga huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Sadriddin Hidirov, Sud ijrochilarining Chilonzor tumani bo‘limi boshlig‘i K.M.Musayev, Chilonzor tuman prokurori yordamchisi A.Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosari N.Abdurahimova, tuman IIB tergovchisi M.Karimov, profilaktika inspektori O.Umurzoqov va “Do‘mbirobod” MFY raisi D.Qo‘chqorovlar qatnashdi.
Uchrashuvda Chilonzor tumani bo‘yicha jami 1527ta aliment davriy to‘lovlarining bajarilishi holati tahlil qilindi. Shuningdek, o‘z farzandiga yordam bermay kelayotgan qarzdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik masalalari qo‘llanilayotgani aytib o‘tildi.

Aliment qarzdorligi 2 oydan oshgan fuqarolarning chet elga chiqish huquqi cheklab qo‘yilishi ham alohida ta'kidlab o‘tildi. Aliment qarzdorligini uch oydan ortiq muddat mobaynida qasddan to‘lamay kelayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilishi ham eslatib o‘tildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda hech qayerda ishlamay, voyaga yetmagan farzandi uchun alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan kishilar majburiy mehnatga joylashtirilishi va tushgan mablag‘lar farzandlarga yetkazilishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga binoan ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetganiga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir.
Har bir fuqaro voyaga yetmagan farzandi uchun aliment va qo‘shimcha yordam harajatlarini undirish uchun sudga murojaat qilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026