Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va Qatar hamkorlikni mustahkamlaydi
Qatar poytaxti Doha shahrida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimdan so‘ng Ilhom Aliyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Toniy yuzma-yuz va kengaytirilgan tartibda uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Uchrashuv yakunida prezident va amir ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni imzolashgan.
Bitimlarda madaniyat, sport, kemasozlik, aviatsiya va ekologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.
Qatarga tashrif davomida Ilhom Aliyevga IIV rahbari Elmar Mamadyarov, Iqtisod va sanoat vaziri Shahin Mustafayev va favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Kamaliddin Geydarov hamrohlik qilmoqda.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
18:11 / 20.06.2026