Jahon | 09:53 / 27.02.2017
3184
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh ma'muriyatining birinchi oyiga yakun yasadi

Foto: EPA

AQSh ma'muriyati o‘tgan bir oy mobaynida rejalashtirganlarining deyarli barchasini amalga oshirdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqat vaqtida ma'lum qildi. Unga mamlakatning 46 shtati gubernatorlari to‘planishgan edi. 

"To‘rt haftadan so‘ng aytishim mumkinki, bu juda ajoyib bo‘ldi, - degan Tramp. – Biz rejalashtirgan barcha narsaga deyarli erishdik".

Davlat rahbari, xususan, migratsiya siyosati qat'iy tus olganini misol keltirgan. "Dunyoda katta muammolar bor, sizlar buni yaxshi bilasizlar. Ammo, biz ishlarning borishidan mamnunmiz. Biz o‘tgan ikki yilda ko‘p va'da berdik hamda ushbu so‘zlarning aksarini bajardik", - deb qayd etgan davlat rahbari. 

Uning aytishicha, u 27 fevral kuni gubernatorlar bilan mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini muhokama qiladi. Tibbiy islohot haqida so‘z yuritgan Tramp uning "juda ham o‘ziga xos" bo‘lishini ta'kidladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid