Qo‘llarida qurol bo‘lgan suriyalik bolalar fotosurati katta mojaroga sabab bo‘ldi
Pentagonda qo‘llarida AQSh tomonidan Suriya shimoliga yetkazib berilgan qurollar bo‘lgan suriyalik bolalar fotosuratlariga izoh berishdi.
Qo‘llarida qurol bo‘lgan bolalar fotosuratlari o‘tgan hafta AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligining Twitter’dagi sahifasida joylashtirildi.
Pentagondan ma'lum qilishlaricha, suriyalik guruhlarga qurol yetkazib berishda "yosh bo‘yicha cheklovlarga amal qilinmaydi".
“Insonlar harbiy harakatlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh haqida hech narsa deya olmayman. Biroq qo‘lida qurol bo‘lganlar AQShning nishoniga aylanishi mumkinligini bilaman”, - deya aytib o‘tdi Pentagon vakili Jyeff Devis “Anadolu” agentligiga surat borasidagi bahslar haqida izoh berib.
Agentlikning AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligiga asosan xabar berishicha, AQSh hukumati “bolalar yoshidagi jangchilarga ko‘z yumayotgani yo‘q”.
“AQSh o‘zlari ta'lim berayotgan hamda ta'minlaydigan guruhlarni tekshiradi, hamda mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurolli guruhlar jang olib borish qoidalari va inson huquqlariga rioya etishlarini kuzatib boradi”, - deya ta'kidlab o‘tishgan qo‘mondonlikda.
Fotosuratlarga qoldirilgan izohlarda IShID bilan kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya tomonidan yetkazib beriluvchi qurol-yarog‘larning katta qismi Suriya demokratik kuchlari tarkibiga kiruvchi Suriya arab koalitsiyasiga berilishi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
13:22 / 13.11.2024
Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
07:56 / 13.11.2024
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
20:42 / 09.11.2024