Jahon | 15:23 / 01.03.2017
4512
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada NATO yig‘ilishi vaqtida ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tadi

NATOning may oyi oxiriga rejalashtirilgan yig‘ilishi paytida Bryusselda keng ko‘lamli norozilik aksiyasini o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda ishtirokchilarning tayyorgarlik yig‘ilishi haqidagi hisobotidan ma'lum bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, aksiyani tarkibiga dunyoning 40dan ko‘proq mamlakati faollari kiruvchi “Urushga yo‘q – NATOga yo‘q” xalqaro tashkiloti o‘tkazishni rejalashtirgan.

“Ko‘p kishilar NATO nimaligini bilishmaydi. Shuning uchun biz alyans amalga oshirgan jinoyatlar haqida so‘zlab berishimiz kerak”, - deyiladi hujjatda.

Rejaga ko‘ra, norozilik namoyishi qatnashchilari “Urushga emas, balki tinchlikka sarmoya kirit” plakatlari bilan Belgiya poytaxti markazi bo‘ylab o‘tishadi hamda YeI davlatlarini NATOni tark etishga chaqirishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid