Jahon | 00:01 / 02.03.2017
13556
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh aeroportining yangi "qirralari" namoyon bo‘lmoqda

26 fevral kuni afrikalik muhandis-dasturchi Selestin Omin ish bo‘yicha Nigeriyadan Nyu-Yorkka yo‘l oldi. Biroq aeroportga kelgach, kutilmagan muammoga duch keldi. AQSh bojxona va chegara xizmatlari xodimlari uning haqiqiy kasbini ko‘rsatganiga ishonishmadi va unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bir necha vazifa berishdi. Bu haqida LinkedIn'da xabar berildi

Ominning so‘zlariga ko‘ra, u Amerikaga birinchi marta kelishi. U bundan bir necha oy oldin Andela startapining  katta texnik maslahatchisi etib tayinlangandi. Bu startap iste'dodli afrikalik dasturchilarga AQShda ish beruvchilarni topishga ko‘maklashadi. Fevral oyida Omin qisqa muddatli Amerika vizasini qo‘lga kiritdi va mahalliy First Access servisiga yordam berish uchun Nyu-Yorkka yo‘l oldi. 

Andela xodimi bo‘lgan samolyot 24 soatlik parvozdan keyin Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ndi, biroq Omin bojxona ko‘rigidan o‘ta olmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona xodimi unga tashrif maqsadi va ish haqida bir necha savollar bergan, shundan so‘ng alohida xonaga o‘tishni so‘ragan. 

Taxminan bir soatlardan keyin xonaga ikkinchi xodim kirgan va Ominning vizada qayd etilgan ish joyi haqiqatga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q - so‘ray boshlagan. Afrikalik mehmon ma'lumotning haqiqat ekanini tasdiqlaganidan so‘ng ofitser unga qog‘oz va ruchka berib, o‘z kasbini testga javob berish orqali isbotlashni taklif qildi. 

AQSh bojxona va chegara xizmati Omin uchun ikki savol tayyorlagandi.

Yetti yildan beri muhandis-dasturchi bo‘lib ishlovchi Ominning ta'kidlashicha, savollar xuddi ofitserlar Google'dan "Muhandis-dasturchidan so‘rash mumkin bo‘lgan savollar"ni qidirgandek tuzilgan. U parvoz vaqti va ofitserlarni kutib charchagan bo‘lsa-da, vazifalarni bajarishga harakat qilgan. Omin 10 daqiqada javoblarni yozib uzatgan, biroq bojxona xodimlari ularning noto‘g‘ri ekanini aytishgan. 

Ominning ta'kidlashicha, u "texnik" jihatdan savollarga to‘g‘ri javob bergan, ofitserlar esa ularni tushunish uchun yetarli bilimga ega bo‘lishmagan. 

Keyinroq Ominni qo‘yib yuborishgan. Ofitser unga baribir ishontira olmaganini aytgan. Ma'lum bo‘lishicha, ular Andela va First Access'ga qo‘ng‘iroq qilgachgina mamlakatga kirishga ruxsat berishgan. Afrika  startapi hammuassisi Kristina Sass bu ma'lumotni tasdiqladi. Servis muharriri izoh talab qilib AQSh bojxona va chegara xizmatiga murojaat qilgan, lekin hech qanday javob olmagan. 

Mavzuga oid