O‘zbekiston | 15:45 / 02.03.2017
6969
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline hisoboti: O‘zbekistonda abonentlar hisobi 9,5 milliondan oshdi

Foto: Kun.uz

Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2016 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov o‘z taqdimotida kompaniyaning o‘tgan yildagi kapital harajatlari 533 milliard so‘mga yetganini belgilab o‘tdi. Bu haqda Beeline Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

2016 yilning IV choragi natijalari bo‘yicha Beeline abonentlari miqdori 9 506 503 kishini tashkil etdi, bu esa I chorakdagi natijadan 0,1 foiz ko‘p. Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) yildan yilga 10,4 foizga – 17 925 so‘mgacha o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) yil mobaynida 554 daqiqagacha o‘sdi (o‘tgan yildagi 501 daqiqaga nisbatan (+10,6 foiz).

O‘zbekiston mobil bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyaning operatsion foydasi yil mobaynida 7,6 foizga oshdi va 1,967 trillion so‘mni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida: Beeline brendi O‘zbekiston respublikasi hududida MChJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM -operatorlari qatorida yetakchi o‘rinni yegallab kelmoqda. 2016 yil natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9 506 503 kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi. 

Mavzuga oid