Jamiyat | 21:08 / 02.03.2017
28988
2 daqiqa o‘qiladi

Birovning nog‘orasiga o‘ynama, ammo pul uzatishganda...

Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi «Yesjye, ya priyezjiy!» sahifasida bir video paydo bo‘ldi. Unda qizil chiroqda mashinalar orasida tilanchilik qilib yurgan 13-14 yashar bolaning bir mashina oldiga kelgani va pulga raqsga tushib bergani aks etgan.

Bolakay tiqilinchda turgan mashina oldiga keladi va sadaqa so‘ramoqchi bo‘ladi. Haydovchi undan qayerdan ekanligini so‘raganida u Tojikistondan ekanligini aytadi. Haydovchi undan qo‘lidan nima ish kelishini so‘raganida bola musiqa qo‘ydiradi va raqsga tushib beradi. Uni videoga olayotgan mashina egasi va salonda bo‘lgan boshqa yigit va qizlar bolaning ustidan kulishadi.

Voqea qayerda sodir bo‘lganligiga oydinlik kiritilmagan.

To‘g‘ri,bu qayerdadir bo‘lgan, bizga unchalik ham ahamiyati yo‘qdek tuyuladi. Biroq ko‘cha-ko‘yda, yer osti o‘tish yo‘laklarida tilanchilikni o‘ziga kasb qilib olganlarni, buning uchun turli nag‘malarga tushayotganlarni o‘zimizda ham uchratib turamiz. Ota-bobolarimiz tilanchilikni kasb qilib olishni qattiq qoralashgan, chunki bu jamiyatda boqibeg‘amlikni, tekintomoqlikni, buning ortidan esa tanazzulni keltirib chiqaradi. Halol mehnat va harakat kishini, albatta, kishi martabasini ulug‘ qiladi.

Mavzuga oid