Jahon | 23:02 / 02.03.2017
7652
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada IShIDning 3500 dan ko‘proq jangarisi hibsga olindi

Turkiya huquq-tartibot idoralari bugungi kungacha IShID terrorchilik tashkilotining 50 mingdan ko‘proq sherigining chegarani noqonuniy kesib o‘tishining oldini olgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, umumiy hisobda IShIDning 3500 dan ko‘proq jangarisi hibsga olingan, bu  esa qotilliklar va boshqa jinoyatlarning oldini olgan.

Yildirim terrorchilar Suriyada ta'sir hududini kengaytirish uchun turli nomlardan foydalanayotganini ta'kidlab o‘tdi. "Biroq ular nomlanishdan qat'iy nazar, xoh u  YPG yoki PYD bo‘ladimi, Turkiya dushmanlarni taniy olishini bilishlari kerak", deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya bosh vaziri. 

"Turkiyaning ittifoqdoshlari va do‘stlari qandaydir harakatlarni amalga oshirishdan avval 100 karra o‘ylab ko‘rishlari kerak. Ular kim bilan – yo Turkiya, yo terrorchilar bilan yo‘lni davom ettirishlarini hal qilishlari lozim"", deb ta'kidlab o‘tdi Yildirim.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid