Jahon banklari 8 yil ichida qancha jarima to‘lagani ma'lum bo‘ldi
2008 yildan jahon banklari qoidabuzarliklar, shu jumladan pullarni o‘marish, bozorlar bilan manipulyatsiya qilish va terrorizmni moliyalashtirganlik uchun 321 milliard dollar miqdorida jarima to‘ladi. Bu haqida InsiderPro nashri ma'lum qildi.
Tahlilchilarning fikricha, yaqin yillarda bu summa o‘sishda davom etadi, zero Yevropa va Osiyo nazoratchilari nisbatan agressiv Amerika nazoratchilaridan o‘rnak olishmoqda.
2016 yilda jahon banklari 42 milliard dollar miqdorida jarimaga tortilgandi, bu esa bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 68 foizga ko‘p. Boston Consulting Group tahlilchisi Gerold Grassxoff shunday deydi:
"Qoidalar o‘zgarar ekan, jarimalar, jazolar, shuningdek ular bilan bog‘liq yuridik va sud xarajatlari biznesni yuritish evaziga to‘lov sifatida qoladi. Bu xarajatlarni tartibga solish banklarning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi".
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy inqirozdan keyin yillar o‘tgan bo‘lsa-da, banklar hali-hanuz yo‘qotishlardan o‘ziga kelmagan.
2008 yilda Lehman Brothers bankrotlik haqida e'lon qilgan. Uning tanazzuli moliyaviy inqiroz sabablaridan biri bo‘ldi, zero markaziy banklar va hukumatlar AQSh va Buyuk Britaniyadagi boshqa muammoli moliyaviy tashkilotlarni qutqarish uchun kurash olib borishayotgandi.
Mavzuga oid
16:04 / 14.04.2024
Andijonda qoidabuzarlik sodir etib, YPX inspektoriga bo‘ysunmasdan ketib qolgan haydovchiga chora ko‘rildi
16:42 / 31.03.2024
Buxoroda avtobus haydovchilari qoidalarni buzishda davom etyapti
11:16 / 21.03.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchilar jarimaga tortildi
08:51 / 14.02.2024