Özbekiston Içki işlar vazirligi 25 fevral kuni keçqurun Toşkentda BMW M4 (raqami 010210OC) avtomobili yöl-patrul xizmati xodimini urib ketgani yuzasidan reportaj e’lon qildi.
Rulda haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan 16 yoşli Doniyor bölgan.
IIBB reportajida Doniyorning tanişi, Uzbelas Performance avtoservisi xodimi Jumayev Asadbek Anvar öğli haqida ham söz boradi. U yanvar oyida ikkita BMW maşinasi YPX xodimlarining buyruğiga böysunmasdan ketib qolgan voqeaning iştirokçisi bölib, avvalroq bu qilmişi uçun «kiçkina jarima» bilan qutulib ketganini aytib maqtangan edi.
«Notöğri iş qilganmiz. Intervyu qöygan odamning montajini tekşiribgina qöyişimiz kerak edi. Lekin şu narsa ötib ketib qoldi. BMW X5 va X7 avtomobillari vaziyatiga kelsak, men öşa momentning videosini qöyganman: mana şu maşinalar bizning tyuning atelemizdan çiqib, şaharda böysunmaslik va “izdevatelstvo” qilgandan keyin, şu narsani tarğib qilgan holda videoni özimning ijtimoiy tarmoqlarimga joylaganman va menga 201-1-modda böyiça 60 ta minimalka yozib berişgan. Intervyuda “bizga bor-yöği 10 ta minimalka qilib berişgan” deganim – bor-yöği maqtançoqlik va piar orqasidan kelib çiqib aytilgan.
Intervyudan olingan sözlar kontekstdan yulib olingani uçun bu narsa tarğibga öxşab çiqdi oxirida. Biz bu narsani umuman tarğib uçun qilmagandik. Öşa narsaga yengil qaraganimiz uçun hozir şu narsaning aziyatini çekyapmiz. Har qanday notöğri xabar tarqatganlik uçun özining jazosi bor ekan. Öşa GAI xodimining örnida bizning otalarimiz bölişi mumkin edi. Hammadan uzr söraymiz», – degan Jumayev.
Içki işlar vazirligi reportajida «jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvçi har qanday axborotni tarqatganlik uçun jazo muqarrar» ekani aytilgan. Aynan qanaqa jazo berilgani oçiqlanmagan.
Ma’lumot uçun, MJtKning 202-2-moddasiga asosan, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş – BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça jarimaga sabab böladi.
MJtKning 201-1-moddasiga asosan esa, qonunçilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzişga omma oldida da’vat qiliş – BHMning 60 baravaridan 80 baravarigaça jarima bilan jazolanadi.
Yanvardagi voqea
2026 yil yanvar oyi boşida Toşkent şahri Şahrisabz köçasida ikkita BMW avtomobili YPX xodimlarining töxtaş işorasiga böysunmasdan harakatlangani aks etgan video tarqalgan edi. Ikkala maşinada ham davlat raqam belgisi bölmagan, ikkala maşinaga ham qöşimça jihozlar örnatilgan. Ulardan biri tezlikda ötib ketgan, ikkinçisi esa sekinlaşib, söngra xodimlarga böysunmay harakatni davom ettirgan.
Öşanda Yöl harakati xavfsizligi xizmati Kun.uz'ga bergan izohida BMW'lardan biri topilib, jarimaga maydonçasiga joylaştirilgani, ikkinçi avtomobil esa qidiruvda ekanini ma’lum qilgandi.
Öşa voqea iştirokçilaridan biri – Uzbelas Performance avtoservisi xodimi Asadbek Jumayev bölgan. U bloger Malik Muhamedovga bergan intervyusida öşa qoidabuzarligiga izoh berib, bunday qilmiş uçun boşqa odam 15 sutkaga qamalişi mumkinligi, u esa «kiçkina jarima» – 10 BHM (4 mln 120 ming söm) bilan qutulib ketganini aytib maqtangandi.
Jamoatçilik reaksiyasi
25 fevral kungi YTHdan keyin bu intervyudan parça internetda keng tarqaldi va jamoatçilik faollari bunday qoidabuzarliklarga nisbatan jim qarab turmaslikka çaqira boşladi.
Xususan, AQŞning Harvard universiteti professori, iqtisodçi Botir Qobilov davlat bunday va istalgan turdagi jinoyatçilarni televizorga olib çiqib, uzr söratiş amaliyotlaridan butunlay voz keçiş kerakligi haqida yozdi:
Davlat bunday va istalgan turdagi jinoyatçilarni televizorga olib çiqib, uzr söratiş, uyaltiriş, xalqimdan, qöşnimdan keçirim sörayman deyiş amaliyotlaridan butunlay voz keçiş kerak. Qoida buzsam, odam öldirsam, qizlarni zörlaşga harakat qilsam yoki 15 sutkada dam olib çiqaman, yoki arzimagan çoyçaqa tölab, yoki amakimni tanişi orqali qilmişimdan puşaymon yedim deb qutulib qolar ekanman deb, öylaşga imkoniyat ham beriş kerak emas.
Qonunning işlaşi, jazoning qonun doirasida mutlaqo muqarrarligini bular tanasida, ongida, közida va quloği bilan bilişi kerak. Qonun-qoidani buzdimi – qonunda yozilgan jazo. Yozilmagan bölsa, demak, qonun takomillaşişi kerak. Bekorga Oliy Majlis, parlament degan joy bor emas-ku.
Ayollarga jinsiy tajovuz qilsa-da, “lekin zörlamadim-ku” deb 3-4 kun ötirib çiqsa; köçada öyin qilib tez yurib inspektorlarni, maktab bolalarini urib ketsa, avtomobilni qurol sifatida işlatib insonlar hayotini xavf ostiga qöysa va keyin heç narsa bölmagandek kiçkina ştraf bilan qutulib qolsa unda biz oynaga boqib nimalar qilyapmiz özi deb savol berişimiz kerak.
Jurnalist Muhrim A’zamxöjayev ham holat yuzasidan telegram-kanalida seriyali postlar yozib qoldirdi:
Davlatimiz ölibdi – bitta oçiq-oydin qoidabuzar jamoatçilik oldiga bemalol çiqib, uyalmay, tortinmay, “mening 100 ta tanişim borligi uçun yengilroq jazo oldim”, deb qörqmay, bexijolat aytib turgan bölsa.
Qilgan işimdan faxrlanaman, deb turibdi-ye, tavba. Bir mamlakatda bir odam köplab qoidalarni qöpol ravişda buzib, şundan keyin ham tavbasiga tayanmay, qilgan işimdan faxrlanaman, deb tursa... davlat ölibdi. Qonun yöq, bölsa ham işlamaydigan davlat – ölibdi.
Bu davlat lekin Alişer Navoiyning haykaliga gapirganni, Amir Temurning haykaliga savol berganlarni qamaydi. Kimningdir klipi yoqmasa, qonun yöli bilan “zapret” qiladi, yillab. Qonun yöli bilan senzura ham qiladi. Lekin moşinaparast aşaddiyga kelganda, şundoq ham yumşoq qonunlarini töliq işlata olmaydi. Uyatsizlar!
Milliy ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi raisi maslahatçisi Rasul Kuşerbayev qonun hamma uçun teng bölmasa, taniş-biliş omil bölsa, adolatga işonç yemirilişini bildirdi.
Agar qoidabuzar oçiqçasiga “mening 100 ta tanişim bor, şuning uçun yengilroq jazo oldim” deb bemalol aytayotgan bölsa — bu oddiy holat emas! Qonunni qöpol ravişda buzgan inson afsuslaniş örniga, qilgan işidan faxrlanayotgani — jamiyatda jazo muqarrarligiga işonç susayganini anglatadi. Qonun hamma uçun teng bölmasa, “taniş-biliş” omil bölsa, adolatga işonç yemiriladi. Eng xavflisi — qoidabuzarlik namuna sifatida körila boşlaydi. Adolat — şunçaki söz emas. U amal qilgandagina qiymatli.
Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov esa özining telegram-kanalida sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida ayrim avto va mototransport vositalarini belgilangan tezlikdan sezilarli darajada oşirgan holda boşqarayotgani yoki özaro poyga uyuştirişayotgani holatlariga guvoh bölayotgani haqida yozdi:
Bu kabi holatlar yuqori darajada şovqin keltirib çiqarişga hamda yöl harakati iştirokçilari xavfsizligiga tahdid solişga sabab bölmoqda. Bunday harakatlar tungi vaqtda jamoat tartibi va fuqarolar osoyiştaligini buzadi, şuningdek, insonlar hayoti va soğliği uçun real xavf tuğdiradi.
Tegişli xizmatlar tomonidan mazkur huquqbuzarliklarni oldini oliş, aniqlaş va bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Fuqarolarni qonunçilik talablariga, yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga hamda aholi osoyiştaligini hurmat qilişga çaqiramiz.
Bunday huquqbuzarlik holatlari yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli organlarga xabar berişingizni söraymiz.
Bu voqealar fonida Adliya vazirligi noqonuniy poygalarni taşkil etganlik va unda iştirok etganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik çoralarini nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgani haqida xabar berdi. Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17 fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelişişga çiqarilgan bölib, belgilangan tartibda kelişilganidan söng, jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.












