Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Birinchi prezidentimiz nomi Vashington va Otaturk bilan bir qatorda». Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatiladigan maqbara, muzey va haykallar loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma'lum qilindi deb yozadi «Gazeta.uz».
«Bizning xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk kabi davlat arboblari qatoriga qo‘yadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Islom Karimovga uning ona shahri Samarqandda maqbara qurilishi, uning haykallari Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o‘rnatilishi haqida ma'lum qildi.
O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga Samarqand shahrida, har kuni respublikaning turli hududlaridan Islom Karimov qabrini ziyorat qiluvchi kishilar keladigan hududda maqbara barpo etiladi. Binoning ichki va tashqi qismi Qur'on oyatlari hamda suralari yozuvlari bilan bezaladi.
«Majmua xalqimiz uchun, birinchi navbatda yoshlar uchun o‘ziga jalb etuvchi ma'naviy obida bo‘ladi», — deya qayd etgan davlat rahbari.
Shuningdek, prezident Islom Karimovning haykali uning sobiq qarorgohi — Oqsaroy oldiga qo‘yilishini ma'lum qildi. Birinchi prezident uzoq yillar Toshkent shahri markazidagi Oqsaroy qarorgohida ish olib borgan. Bu yerda Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondi va birinchi prezident nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat yuritadi.
Bu yerda o‘zbekistonliklar va xorijiy mehmonlar haykal poyiga gullar qo‘yishi, Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahri markazida ham haykal bino qilinadi. Maydonda shuningdek muzey, atrofda xiyobon, favvoralar hamda maysazorlar bo‘ladi.
Islom Karimov 1986-1989 yillar mobaynida hokim sifatida faoliyat olib borgan Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida ham unga haykal qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025