Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN rahbari: Aslida Tramp bizni tun-u kun kuzatadi
AQSh prezidenti Donald Tramp CNN telekanalini tanqid qilib kelayotgan bo‘lsada, bu telekanal ko‘rsatuvlarini tun-u kun qoldirmasdan, «butun vujudi bilan berilib» tomosha qiladi. Bu haqda telekanal rahbari Jyeff Tsukerga asoslangan holda NPR nashri xabar berdi.
«U CNN telekanalini tomoshabop emas deb ataydi, lekin bunday emasligini yaxshi biladi. Axir uning o‘zi bizning dasturlarni yotvolib tomosha qiladi. Biz u CNN ko‘rsatuvlari uchun kunduzi va tunda qancha vaqt sarflashini bilamiz», — degan u.
Uning aytishicha, davlat rahbari telekanalni tanqid qilishi - saylovchilari uchun don sochishdir.
Bundan oldinroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens 1 mart kuni barcha telekanallarga intervyu bergani, lekin CNN bundan mustasno bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:38 / 07.05.2026
CNN asoschisi Ted Tyorner 87 yoshida vafot etdi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
14:12 / 18.01.2026