U ommaviy axborot vositalaridagi faoliyatini 24 yoshida boshlagan. Magnat 1980 yil 1 iyunda dunyodagi birinchi «kecha-yu kunduz» yangiliklar uzatuvchi CNN telekanaliga asos soldi va shu tariqa media sanoatida «yo‘l ochdi».
O‘sha paytda kunning ma’lum soatlarida efirga uzatiladigan yangiliklar kanallari uchun juda innovatsion hisoblangan bu konsepsiya keyinchalik butun dunyoda qo‘llanila boshlandi.
Shuningdek, Tyorner TBS, TNT, Cartoon Network va boshqalarning asoschisi. U kabel televideniyesida inqilob yasadi, Atlanta Braves amerikacha futbol jamoasiga egalik qildi (ular 1995 yilda uning qo‘l ostida Jahon seriyasida g‘olib chiqdi), yaxtachi, xayriyachi (BMTga bir milliard dollar xayriya qildi) va tabiat himoyachisi (eng yirik xususiy bizon podasiga egalik qilgan) edi.
«CNN – hayotimdagi eng katta yutuq», degan Tyorner 1996 yilda o‘z kanalini Warner Bros. Discovery (WBD) kompaniyasiga sotdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida CNN kanali bugungi kunda Tyorner ifodalagan barcha narsalarning butunlay teskarisi ekanini ta’kidladi. Trampning ta’kidlashicha, Tyorner teleradioko‘rsatuvlar tarixidagi eng buyuk shaxslardan biri bo‘lgan.











