Sport | 09:26 / 03.03.2017
5560
3 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» autsayder bilan durang o‘ynab, amalda chempionlik poygasidan chiqdi

Ispaniya chempionatining 25-turida «Atletiko» «Deportivo» bilan durang o‘ynadi. «Sevile» esa «Atletik»ni kichik hisobda mag‘lub etdi.

Madridliklar «Deportivo» maydonida kechgan uchrashuvda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi, 68-daqiqada ketma-ket to‘p oshirishlardan keyin Antuan Grizmann uzoq masofadan aniq zarba yo‘lladi - 1:1.

O‘yin oxirida Simeone jamoasining boshqa bir hujumchisi Fernando Torres qo‘rqinchli jarohat oldi va uni zambilda maydondan olib ketishdi.

Endilikda «Deportivo» 20 ochko bilan 17-o‘rinda, «Atletiko» 46 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda. Madrid jamoasi peshqadam «Barselona»dan 11 ochko ortda qolib ketdi.

«Sevilya» esa o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, Visente Iborraning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qildi.

14-daqiqada Xorxe Sampaoli jamoasi penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi, ammo 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Stevan Yovetich xato qildi, darvozabon Gorku Iraysos qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib Iborra yetib keldi va to‘pni darvoza to‘riga joyladi.

Endilikda «Sevilya» 55 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Barselona» (57) va «Real» (56 ochko va zaxirada bir o‘yin) jamoalarini ta'qib qilishda davom etmoqda. «Atletik» 38 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Ispaniya chempionati, 25-tur
Deportivo – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Andone, 1:1 – 68 Grizmann. 
Deportivo – Lyuks, Xuanfran, Arribas, Sidney, Luizinyu (Laure, 82), Borxes, Moskera, Fajr, Cholak (Bergantinos, 76), Kakuta (Navarro, 54), Andone.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Parti, Gabi, Koke (Gaytan, 57), Korrea (Ferreyra Karrasko, 57), Gameyro (Torres, 65), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Andone (14), Luizinyu (45), Godin (74), Bergantinos (88).

Sevilya – Atletik 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 14 Iborra. 
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Merkado, Eskudero, Nasri, Kranevitter, Iborra, Vetto (Montoyya, 78), Yovetich (Ben-Yyedder, 78), Korrea (Vaskes, 63).
Atletik – Iraysos, Boveda (Susayeta, 69), Yyeray Alvares, Echeyta, Saborit, San Xose, Benyat (Iturraspe, 61), Inigo Lekue, Raul Garsiya, Muniain (Vilyalibre, 84), Inyaki Uilyams.
Ogohlantirishlar: Yovetich (37), Mariano (69), Susayeta (70), Merkado (75), Nasri (84), Korrea (90), Echeyta (90), Kranevitter (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid