Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi

Foto: Marca
Ispaniya kubogi. Yarimfinal. Javob uchrashuvi
«Atletiko» – «Barselona» – 0:1
Gol: Ferran Torres, 27.
«Atletiko»: Musso, Ximenes, Mandava (Galan, 46), Aspilikueta (Langle, 46), Le Norman, Lorente, De Paul, Barrios, Simeone (Serlot, 46), Grizmann (Rikelme, 81), Alvares.
«Barselona»: Shensni, Kunde, Kubarsi (Garsiya, 58), Martines, Balde, de Yong, Fermin Lopes (Arauxo, 58), Pedri, Yamal (Martin, 86), Rafinya, Torres (Levandovski, 74).
Birinchi uchrashuv – 4:4.
Ispaniya kubogi yarimfinal javob uchrashuvida «Barselona» mehmonda «Atletiko Madrid» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 27-daqiqada kiritildi — Lamin Yamalning uzatmasini Ferran Torres golga aylantirdi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Shu tariqa, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi. Kataloniyaliklar hal qiluvchi o‘yinda «Real Madrid» bilan to‘qnash keladi. Madridliklar esa o‘z navbatida «Real Sosedad» ustidan g‘alabaga erishgan edi.
Final uchrashuvi 26 aprel kuni Sevilyadagi «La Kartuxa» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025