Andijonda o‘tgan profilaktika kunida 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlandi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kuni profilaktik tadbirlarida ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdi. Bu haqda Andijon viloyati Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga 156 nafar yo‘l patrul xizmati inspektori hamda 32 ta maxsus xizmat avtomashinasi jalb etildi. Andijon shahridagi “Jahon buyum va hunarmandchilik bozori”, “Yangi bozor” hamda “Eski shahar” dehqon bozorlari hududida targ‘ibot-tashviqot guruhi xodimlari fuqarolarga yo‘llarda harakatlanish qoidalariga qat'iy amal qilish, serqatnov ko‘chalarni kesib o‘tishda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurish kerakligi haqida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida yo‘l patrul xizmati inspektorlari shahar-tuman IIB yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan 8 ta avtotransport vositalarini ta'mirlash ustaxonasi, 7 ta yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi uyushma hamda 2 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasining ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
-Tadbir davomida jami 4330 ta transport vositasi tekshiruvdan o‘tkazildi, - deydi Andijon viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, kapitan Shamsiddin Usmonov. - YPX xodimlarining hushyorliklari bilan 875 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ushbu holatlarning 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarayotganligi, 107 nafari tezlikni belgilangan me'yordan oshirish, 13 nafari harakatlanish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanish, 16 nafari esa svetofor ishoralariga amal qilmaslikni tashkil etadi. Bulardan tashqari, shu kuni yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 163 nafar, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan 86 nafar haydovchi hamda 439 nafar boshqa turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslar aniqlanib ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida viloyat hududidagi 163 ta ta'lim muassasasida o‘quvchi va talabalar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish qoidalari mavzusida ochiq muloqot hamda davra suhbatlari o‘tkazilib, sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili va uning kelib chiqish sabablari muhokama etilib, ayanchli oqibatlari aks ettirilgan videolavhalar namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

13:53 / 02.07.2025
Xo‘jaobodda profilaktika inspektori pichoqlandi. Qotil qidirilmoqda

20:32 / 30.06.2025
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025