Ko‘pchilik kutgan jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Rossiyalik aralash jang san'ati (MMA) jangchisi Xabib Nurmagomedov va mutlaq jang chempionati (UFC) vakili, amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilgan jang bekor qilindi. Bu ma'lumot Rossiyalik sportchining otasi tomonidan tasdiqlangan.
4 mart kuni rossiyalik sportchi shifoxonaga tushib qolgan. U jigaridagi og‘riq tufayli vazn o‘lchash marosimiga kelmagan. U marosim boshlanishiga 3 soat qolganida shifoxonaga olib ketilgan.
Ushbu jang yakshanbaga o‘tar kechasi Las-Vegasda UFC 209 musobaqasi doirasida o‘tkazilishi belgilangandi. Nurmagomedov va Fergyuson yengil vazn toifasidagi "vaqtinchalik" chempion unvoni uchun jang qilishi kerak edi.
Ushbu jang g‘olibi o‘rta vaznda amaldagi chempion, irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin edi.
28 yoshli Nurmagomedov hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, uning hisobida 24 ta g‘alaba bor.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston | 15:13
-
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:57
-
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi
Jahon | 14:55
Mavzuga oid

01:24 / 02.04.2020
Nurmagomedov: «Karantinda o‘tiribman, Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi»

13:40 / 14.12.2019
Habib va Fergyuson o‘rtasidagi jang rasman tasdiqlandi

08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi

00:44 / 18.09.2019