UFC çempioni Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarşi ötkazişi rasman e'lon qilindi.

Uşbu jang 2020 yilning 18 aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 turniri doirasida taşkil etiladi. Yengil vazndagi UFC çempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson UFC doirasida 12 öyindan iborat ğalabali seriya qayd etişgan. Habib sönggi janglarida muddatdan avval Konor Makgregor va Dastin Poreni mağlub etgan bölsa, Fergyuson Entoni Pettis va Donalda Serroneni taslim qilgandi.

Eslatib ötamiz, bu Habib va Fergyuson örtasidagi jangni taşkil etiş böyiça beşinçi urinişdir. 2015 yil dekabr oyida uşbu jang Habibning jarohati sabab qoldirilgan bölsa, 2016 yilda Toni jarohatga yöliqdi. 2017 yilda jang Nurmagomedovning vazni tufayli qoldirilgan bölsa, 2018 yil aprel oyida esa Fergyusonning tizzasi hoçsimon payidan olgan jarohati bois, jang ötkazilmagandi.