«Uyda karantinda ötiribman va odamlarning jang atrofidagi gaplarini öqib hayron qolyapman. Ularning gapidan kelib çiqadiki, butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda ötirişi, Habib esa dunyo böylab uçib maşğulot ötkazişi kerak, şundaymi? Jang uçun hayotimni xavf ostiga qöyişim kerakmi?
Hammasini tuşunib turibman, jang qoldirilgani uçun sizdan kam xafa emasman. Jangdan keyin mening ham rejalarim bor edi, ammo bölayotgan voqealar nazorati mening qölimda emas. Salomatligingizni asrang va özingizni mening örnimga qöyib köring», deb yozdi Nurmagomedov instagramdagi sahifasida.
Habib Nurmagomedov 2018 yil 7 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni yengib jahon çempionligi kamarini qölga kiritgan va 2019 yil 7 sentabr kuni Dastin Puare bilan jangda kamarni himoya qilgandi. Toni Fergyuson hamda Habib Nurmagomedovning jangi umumiy hisobda 5-marta bekor qilindi.













