Jahon | 16:17 / 04.03.2017
6942
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Moskva bilan IShIDga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvni ortga surishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maslahatchilariga Rossiya bilan IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvni ma'lum vaqt kechiktirib turishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqda Associated press ma'lum qilmoqda.
Xabar qilinishicha, buning sababi uning ma'muriyati vakillarining Rossiya rahbariyati vakillari bilan bo‘lgan aloqalariga e'tiborning ortganidadir.
Ta'kidlanishicha, davom etayotgan bosim fonida davlat rahbarining Rossiyaga qarshi bo‘lgan maslahatchilari ta'siri ham ortmoqda.