Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik Kamchatkada pulni oson topish usulini "ixtiro qildi"
Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida hujjatlarni soxtalashtirgan va ulardan foydalangan O‘zbekistonning uch nafar fuqarosiga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Bu haqda o‘lka politsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik 24 yoshli yigit o‘z yurtdoshlariga soxta hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashgan. U 20-25 ming rubl evaziga ularning pasportlari va migratsiya kartalarida chegaradan o‘tganlik haqida muhrlar qo‘yib bergan.
Yosh yigitning ta'kidlashicha, Moskvada “yengil yo‘l bilan pul topish usulini” taklif qilgan erkak bilan tanishib qolgan. Tezkor xodimlar Moskvadan bo‘lgan “Ostap Bender”ning shaxsini aniqlashmoqda. Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, aynan o‘sha erkak noqonuniy biznes tashkilotchisi sanaladi.
O‘zbekistonlik yigit hujjatlarni soxtalashtirish, tayyorlash yoki o‘tkazish jinoyatida ishtirok etishda gumonlanmoqda. Rossiya JKning bu moddasi 2 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutgan.
Hamyurtining xizmatidan foydalangan 36 va 23 yoshda bo‘lgan O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosiga soxta hujjatdan foydalanish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Ular 6 oygacha qamalishi mumkin. Biroq, Rossiyadagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu muhojirlarga nisbatan jinoiy ishlar ularning o‘z aybini tan olganliklari tufayli to‘xtatilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:15 / 17.06.2026