Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook'da islom dinini haqorat qilgan shaxs qo‘lga olindi
Hindistonning 31 yoshli fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda islom dini va Muhammad payg‘ambarni haqorat qilgani uchun BAA sudi oldida javob beradi. Khaleej Times nashri shu haqida xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, elektr payvandchi bo‘lib ishlovchi bu shaxs 2016 yilning 7 noyabrida islomni tanqid qilgan postini o‘chirib tashlagan, biroq tergov vakillari yozuv nusxalarini qo‘lga kiritishgan, matn tarjima qilinib, ma'lumotlar Dubay prokuraturasiga taqdim etilgan.
Hindiston fuqarosi Facebook'dagi sahifasida post yozganidan ikki kun o‘tib, Dubay xalqaro aeroportida mamlakatni tark etishga urinayotganida qo‘lga olingan.
Ayblanuvchining mobil telefoni tortib olingan. Mazkur tergov ishi bo‘yicha yakuniy hukm 21 mart kuni e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026