Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan shaxsan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakat xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova Facebook’dagi o‘z sahifasi orqali ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrik nutqida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning 72 foizi yurt rivojiga hissa qo‘shayotganini aytib o‘tgan. «Ayollar oilasini, obro‘sini, kelajagini o‘ylaydi!», deb ta'kidlab o‘tgan Prezident. Bundan tashqari, ushbu tadbirda O‘zbekiston xotin-qizlari sharafiga yana boshqa iliq fikrlar bildirilgan.
Umida Abduazimovaning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida Zulfiya mukofoti sovrindorlariga hujjat va ko‘krak nishonlarini o‘z qo‘llari bilan topshirgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026