Jahon | 10:20 / 06.03.2017
3344
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada vertolyot qulashidan halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Qutqaruvchilar Yaponiyaning Nagano prefekturasida halokatga uchragan vertolyot ostidan yana 6 kishining jasadini olib chiqishdi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qilmoqda. Bundan avvalroq, vertolyot bortida bo‘lgan 3 kishining jasadi olib chiqilgan edi. 

Yaponiya prefekturasi qutqaruv xizmatiga qarashli Bell 412 vertolyoti 5 mart kuni halokatga uchragan edi. Fojia qutqaruvchilar odamlarni qutqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Halokat yuz bergan vaqtda ob-havo noqulay bo‘lmagani ta'kidlanmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid