Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya RQM tizimlarini zudlik bilan joylashtirishni so‘ramoqda
Janubiy Koreya prezidenti v.b. Xvan Gyo An AQShdan Koreya yarim orolida raketa hujumlariga qarshi mudofaa vositalarini zudlik bilan joylashtirishni so‘ramoqda. Davlat rahbari KXDR navbatdagi raketa sinovini o‘tkazgach, Vashingtonga shunday murojaat qilmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
Xvanning so‘zlariga ko‘ra, Seul KXDR raketalaridan himoya qiluvchi mudofaa tizimlarini imkon qadar tezroq o‘rnatilishiga muhtoj.
Avvalroq, Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 4ta raketa uchirgani haqida bayonot bergan edi.
U, shuningdek, KXDR uchirgan raketalardan uchtasi Yaponiya iqtisodiy hududiga tushganini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
09:37 / 19.03.2026
Rossiya KXDRdan 14,4 mlrd dollarlik harbiy yordam oldi
16:31 / 25.02.2026