Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkdan foydalanmayotganlar ularni ishlatishi yoki sotishi kerak bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2017 yildagi PQ–2796 sonli qarori bilan tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ma'qullandi. Hujjatni qabul qilishdan maqsad qurilishi tugallanmagan obektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, zarur investitsiyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish joylari barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Qarorning to‘liq matni bilan Lex.uz saytida tanishish mumkin.
Prezident qarori bilan avval xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan inshootlarda xo‘jalik faoliyati yuritishni tezlashtirish mexanizmi ham tasdiqlangan. U uchta bosqichdagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
I bosqichda qurilishi tugallanmagan va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan inshootlar hamda maydonlar ro‘yxati tuzib chiqiladi.
II bosqichda investitsiya loyihalari ishlab chiqib, tasdiqlanadi va ularni hayotga tatbiq etishda ko‘mak beriladi.
So‘nggi III bosqichda investitsiya loyihalarini amalga oshirmayotgan mulkdorlarni soliqqa tortish tartibi ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga, bu kabi inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida idoralararo komissiya ham tuziladi. Mazkur komissiyalar faoliyat yuritilmayotgan bo‘sh ko‘chmas mulk binolarini qidirib, ro‘yxatini tuzadi, ularning egalari bilan birga investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi, investitsiya loyihasi amalga oshirilgani yoki yo‘qligi borasida xulosa beradi, investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga hujjatlarni to‘plash va kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, qarorda ta'kidlanishicha, komissiya ko‘chmas mulk egalari investitsiya loyihasini amalga oshirmayotgani xususida xulosa qilsa, keyingi oydan qurilishi tugallanmagan binolarga egalik qiluvchi va qaror bo‘yicha soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga umumiy tartibda soliq solinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar va yer solig‘i uchun to‘lanadigan soliqlar ikki karra ko‘paytiriladi.
Biroq, bu talablar umumiy maydoni 2 ming kv.m.dan kam bo‘lgan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, davlat idoralari yoxud boshqa tashkilotlar aybi bilan
investitsiya loyihalarini amalga oshirolmaganlar, qurilishi tugallanmagan bino yoki ishlab chiqarish maydonini xarid qilganiga 12 oy to‘lmaganlar yoki shu kabi inshootlarni sotuvga qo‘yganlarga (ilk 3 oy) qo‘llanilmaydi.
Qayd etish joizki, bu kabi bino va inshootlarda investitsiya loyihasi amalga oshirilmasa, har hisobot yilida mulk va yer solig‘i 2 karradan ko‘tarilib boriladi, ammo umumiy ko‘tarilish 6 baravardan oshmasligi ta'minlanadi.
Tijorat banklari qurilishi tamomlanmagan inshootlarda investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, ijaraga oluvchilarga muddati besh yil bo‘lgan va ilk 12 oyida qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan imtiyozli kreditlar taqdim etadi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026