Jahon | 19:00 / 06.03.2017
3271
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya sohillari yaqinida 20 nafar muhojir jasadi aniqlandi

Liviyaning poytaxti Tripoli sohillari yaqinida Yevropaga noqonuniy tarzda o‘tmoqchi bo‘lgan 20 nafar muhojirning jasadi aniqlandi, deb ma'lum qildi "Anadolu" axborot agentligiga Liviyaning Sabrat shahri noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Basim Al-Garabliy.

Uning aytishicha, qochqinlar sohilbo‘yi xizmati xodimlari va odamlar kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar o‘rtasidagi otishmada halok bo‘lganlar.

Al-Garabliyning aytishicha, muhojirlarni olib ketayotgan kemada 160 kishi bo‘lgan, biroq ulardan faqat 20 nafarining jasadi aniqlangan.

Al-Garabliyning ta'kidlashicha, bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan qolganlar ham halok bo‘lganlariga asoslar bor.

2016 yilda Liviyadan Italiyaga O‘rta yer dengizi orqali 181405 muhojir o‘tgan. 5 mingdan ko‘proq qochqin yo‘lda halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid