Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya 4ta ballistik raketa uchirgani haqida hozircha «jar solmayapti»
© AP Photo
Yaponiya tomoni ma'lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya 6 mart kuni tongida Yapon dengizi tomon noma'lum turdagi 4ta ballistik raketa uchirdi. Pxenyan tomoni esa hozircha bu haqda sukut saqlamoqda.
Qayd etish kerakki, odatda shimolliklar o‘tkazilgan raketa sinovlari haqida 1 kundan keyin, xalqaro hamjamiyatning munosabatidan kelib chiqib rasmiy ma'lumot beradi. Shuningdek, Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi, markaziy nashri ("Nodon sinmun") hamda Koreya Markaziy telegraf agentligida bir vaqtda hisobot e'lon qilinadi.
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar Pxenan-Pukto viloyatidagi Tonchxanni posyolkasi yaqinidagi Soxe kosmodromidan uchirilgan. Raketalar Yaponiyaning Akita prefekturasidagi Ogo yarimorolidan g‘arbga tomon 300-350 km uzoqlikda qulagan.
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, hammasi bo‘lib 4 ta raketa uchirilgan. Ular Shimoliy Koreya hududi uzra 1000 km masofani uchib o‘tib, Yapon dengizidagi Yaponiyaning iqtisodiy hududiga tushgan.
Seul Shimoliy Koreya KN-08 yoki KN-14 qit'alararo ballistik raketasini uchirganini taxmin qilmoqda. Shimoliy Koreyaning bu raketa sinovlari Janubiy Koreyada AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlariga javob bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Koreya xalq armiyasi o‘tgan haftada Shimoliy Koreya bunday harakatlarga javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
16:04 / 12.01.2026
London Kiyev uchun Nightfall ballistik raketasini ishlab chiqadi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
11:17 / 06.11.2025
AQSh Minuteman III qit’alararo raketa sinovini o‘tkazdi
20:02 / 05.11.2025