Jahon | 22:43 / 06.03.2017
6377
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyadagi plyajda 1930-yillarga mansub suv osti minasi topildi

Foto: Försvarsmakten

Stokgolm arxipelagining janubiy qirg‘oqlarida, yozda ko‘pchilik sayyohlar dam olishni xush ko‘ruvchi plyajda 86 yillik mina topildi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda

Shvetsiyalik harbiylarning ma'lum qilishicha, topilgan mina 1931 yilda ishlab chiqarilgan F-31 minasi bo‘lgan. Biroq mina suv o‘tlari bilan qoplanib, undagi markirovka o‘qib bo‘lmas darajaga kelgani sababli uning harbiy yoki mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan minaligini aniqlab bo‘lmagan.    

Mina yana dengizga oqib ketmasligi uchun bog‘lab qo‘yilgan. Minani yaqin orada chuqurroq joyga olib borib, portlatish rejalashtirilgan.  

Långgarn orolidagi barcha 20 kishi sapyorlik ishlari olib borilish vaqtiga evakuatsiya qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid