Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Ashxobod shahrida «yakkama-yakka» shaklida muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar «O‘g‘uzxon» prezident saroyi kompleksining ikki tomonlama muzokaralar zalida bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlarining yolg‘iz muloqoti rasmiy suratga tushish marosimidan so‘ng tashkil etildi, deb xabar qilmoqda «Turkmaniston Bugun» davlat axborot agentligi.
Prezident Gurbanguli Berdimuxamedov oliy mehmonga davlat tashrifi bilan Turkmanistonga kelish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan. Uning qayd etishicha, bu tashrif turkman-o‘zbek munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Bunga do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlik poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Gurbanguli Berdimuxamedovga Turkmanistonga taklif qilgani va ajoyib qabul uchun tashakkur izhor qilar ekan, davlatlararo muloqotning o‘zaro hurmat va amaliy mohiyatga ega yuqori darajasini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrif ulkan salohiyatga ega ikki tomonlama hamkorlikka yangi turtki berishini ta'kidladi.
Davlat rahbarlari o‘zbek-turkman hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari haqida so‘z yuritishdi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish zarurligini qayd etishar ekan, gumanitar-madaniy aloqalarni kuchaytirish zarurligini ham alohida uqdirishdi.
Tomonlar uchrashuv chog‘ida mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Muzokaralar «Sulton Sanjar» zalida kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026