Jahon | 16:29 / 07.03.2017
4083
1 daqiqa o‘qiladi

2014 yildan beri birinchi marta Iroq bosh vaziri Mo‘sulga keldi

Foto: AP

Iroq hukumati raisi Haydar al-Obodi Mo‘sul IShID terrorchilari tomonidan egallab olinganidan 3 yil o‘tib ilk bora bu shaharga keldi, deb xabar bermoqda Alsumaria telekanali.

Ta'kidlanishicha, respublika qurolli kuchlarining oliy bosh qo‘mondoni sanaluvchi mamlakat bosh vaziri Mo‘sulga uni terrorchilardan butunlay ozod qilish bo‘yicha amaliyot bilan shaxsan tanishish maqsadida kelgan.

Bundan tashqari, u kampaniyada ishtirok etayotgan bo‘linmalarni tekshiruvdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

Avvalroq Iroq xavfsizlik kuchlari Mo‘suldagi asosiy hukumat binosi ustidan nazoratni o‘ziga qaytargani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid