Iroq xavfsizlik kuçlari Mösuldagi asosiy hukumat binosini IŞID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda Reuters Iroq IIV nufuzli bölinmasi vakiliga asosan xabar berdi.

Xabar qilinişiça, tez harakatlaniş guruhi Mösulning Naynava viloyati hukumati binosi, şuningdek unga yondoş bölgan majmua binolarini qattiq hujum yordamida egallagan.  

Bölinma vakilining sözlariga köra, hujum vaqtida önlab terrorçilar öldirilgan.

Agentlik ma'lumotiga köra, ma'muriy binoni qölga kiritiş Iroq hukumat qöşinlarining Mösuldagi amaliyotida navbatdagi muhim qadamdan darak beradi - ular jangarilarga hujum qiliş uçun strategik jihatdan muhim bölgan obektlarni qölga kiritişdi.