Jahon | 08:54 / 07.03.2017
3641
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyada THAAD RQM tizimlarini joylashtira boshladi

AQSh Janubiy Koreya hududida raketalarga qarshi mudofaa tizimi THAAD’ni joylashtirish dasturini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda 7 mart kuni AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi ma'lum qildi. 

"Shimoliy Koreya tomondan davom etib kelayotgan ig‘vogar harakatlar, jumladan kechagi raketalar uchirilishi, alyansimizning Janubiy Koreyada THAAD’ni o‘rnatish bo‘yicha o‘tgan yilgi qarori faqatgina to‘g‘ri ekanligini yana bir marotaba tasdiqladi", deb aytilgan qo‘mondonlik bayonotida.

Jurnalistlarning ma'lum qilishlaricha, RQM tizimining batareya komponentlari AQShning harbiy-transport samolyoti S-17 bilan Janubiy Koreyadagi Osana harbiy bazasiga yetkazilgan.

Shimoliy Koreya tomonidan raketa xavflariga qarshi turish uchun THAAD tizimining Janubiy Koreyada joylashtirilishi bo‘yicha kelishuvlarga o‘tgan yili erishilgandi. 

Xitoy AQSh RQM tizimlarining Koreya yarimorolida joylashtirilishiga qat'iy qarshi chiqmoqda. Pekinning fikricha, bu mintaqadagi kuchlarning strategik muvozanatini izdan chiqaradi.

Avvalroq Janubiy Koreya THAAD tizimlarini joylashtirish uchun golf-klub maydonini ajratgani ma'lum qilingandi. Bu maydon dengiz sathidan 600 metrdan balandroqda joylashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid