Jamiyat | 10:28 / 07.03.2017
13634
3 daqiqa o‘qiladi

Isroil-Falastin muammosi: kattalar eplay olmagan narsani maktab o‘quvchilari uddalashdi

Foto: AP

Isroil va Falastindan bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari xorijiy tengdoshlari yordamida Yaqin Sharqdagi vaziyatni “hal qilish” shartlarini kelishib oldilar. Qayd etish kerakki, bunga yoshi katta diplomatlarga 20 yil vaqt ham yetarli bo‘lmadi.

Isroil-Falastin muzokaralariga o‘xshash bo‘lgan keng ko‘lamli o‘ziga xos o‘yin Sharqiy O‘rta yer dengizi xalqaro maktabida bo‘lib o‘tdi – Tel-Avivning bu yerida qariyb 40 davlatdan bo‘lgan o‘quvchilar birga yashashadi hamda tahsil oladi.

15 davlatdan bo‘lgan 50ga yaqin o‘quvchi uchta oqimga bo‘lindi. Ularning har birida Isroil va Falastin delegatsiyalari tashkil etildi hamda ular bir-birlari bilan muloqotga kirishgan. Natijada tinchlik haqidagi uchta kelishuvga erishildi. Barcha holatlarda muzokara qatnashchilari “ikki davlat ikki xalqqa” prinsipini o‘zlariga shior qilib olishdi.

"Senda kelishuvga erishish uchun 24 soat vaqt bo‘lganda, bu katta motivatsiyadir. Biz juda harakat qildik va natijalar ancha qiziq", - deya aytib o‘tgan isroillik o‘quvchi Uriel.

"Ikki mustaqil va bir-birining yonida tinchlikda hayot kechiruvchi davlat. 1967 yilgi ba'zi hududlarni o‘zaro almashtirish, Qudusni bo‘lib olish chegaralarni tiklash orqali", - deya muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan falastinlik o‘smir. 

So‘nggi 20 yil davomida “ikki davlat ikki xalqqa” va mojaroda qatnashayotgan tomonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti muqobili yo‘q maqsad va Falastin-Isroil kelishuvidagi uslub, deb hisoblangan. Biroq omadsizliklar va ulardan so‘ng muzokaralarda paydo bo‘lgan tanaffus hozirgi avloddagi ko‘pchilik yetakchilarni tinchlik jarayonining an'anaviy shakli ish berishiga katta shubha bilan qarashga sababchi bo‘ladi.

O‘yin shunday tashkil etildiki, falastinliklar Isroil delegatsiyasi tarkibida, isroilliklar esa Falastin tomonida manfaatlarni himoya qilgan. Aynan shu – raqib o‘rnida bo‘lib ko‘rishni yosh muzokarachilar eng qimmatli tajriba deb atashdi.

"Tinchlikka erishish uchun biz muammoga boshqa insonning ko‘zi bilan qarashimiz kerak. Biz nafaqat gapirish, balki eshitishga ham o‘rgandik", - deya aytib o‘tdi falastinlik maktab o‘quvchisi.

O‘quvchilar o‘rtasida o‘z muzokaralarining muvaffaqiyatli yakun topgani haqiqiy tinchlik jarayoni istiqbollarini baholashga deyarli ijobiy ta'sir ko‘rsatmadi. "Tinchlikka erishish mumkin. Ishonchim komilki, u qachondir ro‘y beradi. Biroq, aynan qachonligini bilmayman", - deydi 16 yoshli Uriel.

Mavzuga oid