Oliy Majlis deputati Chelak tumanida terminal muammosini hal qilib berdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda aholi bilan muloqot qilib, ularning turmush tarzi va muammolari bilan tanishmoqda, deb yozadi palata matbuot xizmati.
Jumladan, Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi «Xalqobod» MFYga qarashli «Eshimoqsoq» qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Rahmatullayev yetti yoshli farzandi S.Sulaymonovning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi sababli maktabdan haydalishi mumkinligini aytib, deputatdan amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. Shunda deputat Azamat Pardayev ushbu holat yuzasidan tuman FHDYo mudirasi Z.Yo‘ldoshevaga murojaat etib, fuqaro A.Rahmatullayevning yetti yoshli farzandi S.Sulaymonovga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olib berdi.
«Eshimoqsoq» qishlog‘ida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda 15 nafar bo‘sh ish o‘rinlari yaratish maqsadida tashkil etilgan non va shirin pishiriqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Zilola» unitar korxonasi rahbari hamon elektr tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berilmaganligi yuzasidan yordam so‘rab deputat Azamat Pardayevga murojaat qildi. Ushbu holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va «Zilola» unitar korxonasiga elektr tarmoqlariga ulanish uchun ruxsat olib berildi.
Deputat tomonidan Chelak gaz ta'minot unitar korxonasi faoliyati o‘rganilganda korxona boshlig‘i T.Boymatovning murojaatiga ko‘ra, korxonaga to‘lov terminal apparatlari yetishmayotganligi aniqlandi. Shunda deputat aholi uchun xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash, qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuman Xalq banki boshlig‘i Baxtiyor Nosirov va tuman «Agrobank» boshlig‘i Otabek Abdurahmonovlar bilan uchrashdi. Natijada 3 ta to‘lov terminal apparatlari Chelak gaz ta'minot unitar korxonasi va 1 ta to‘lov terminal apparati tuman elektr tarmoqlari korxonasiga o‘rnatilishiga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024