O‘zbekiston | 23:27 / 07.03.2017
8804
1 daqiqa o‘qiladi

Sh.Mirziyoyev: O‘zbekiston-Turkmaniston transport aloqalari geostrategik ahamiyatga ega

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amudaryodan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklari ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etar ekan, yangi ko‘priklarning do‘stlik ko‘priklari, yaqin qo‘shnichilik an'analarini davom ettirish ramzi bo‘lishiga ishonch bildirdi.Bu haqida Turkmaniston hukumatining rasmiy saytida xabar berildi.

Sh.Mirziyoyev muhandislik xususiyatlari va geostrategik ahamiyatiga ko‘ra noyob hisoblangan Turkmanobod-Farob ko‘priklarining ishga tushirilishi nafaqat ikki birodar xalq, balki butun Markaziy Osiyo hayotida muhim bir davrni boshlab berishini ta'kidladi.

"Biz Turkmanboshi shahridagi dengiz porti, shuningdek Ashxobod-Turkmanboshi xalqaro avtobani qurilishining tugallanishini katta umid bilan kutyapmiz, - dedi O‘zbekiston Prezidenti. - Ushbu loyihalarni amalga oshirish Turkmaniston va Markaziy Osiyo mintaqasining transport-tranzit imkoniyatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi".

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid