Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz-2 ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi. Bunday raketa dengizdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bu haqda brigada generali Amir Ali Hojizodaga asoslangan holda Tasnim agentligi xabar tarqatdi.
Uning ma'lum qilishicha, raketa 250 km uzoqlikdagi nishonga yetib borgan va uni yo‘q qilgan.
Qayd etilishicha, bunday raketa 300 km masofadagi nishonga ham aniq yetib bora oladi.
O‘tgan oy boshida Eron dushmanlarga qarshi «tajovuzkor raketalari»dan foydalanish bilan tahdid qilgandi. 20 fevral kuni esa mamlakatda takomillashtirilgan raketalar sinovdan o‘tkazilgani e'lon qilindi.
Yanvar oyida AQSh Eron bilan munosabatlar taranglashgani tufayli Yaman qirg‘oqlari yaqinida harbiy kemasini joylashtirgani ma'lum qilingandi.
29 yanvar kuni Tehrondan 225 km uzoqlikda Semnan shahri tashqarisida joylashgan mashhur sinov maydonida o‘rtacha masofaga parvoz qiluvchi ballistik raketa sinovi amalga oshirildi.
Ma'lumot uchun, 2015 yil iyulida qabul qilingan BMT rezolyutsiyasi Eronni bunday sinovlar o‘tkazmaslikka chaqiradi.
Mavzuga oid
16:04 / 12.01.2026
London Kiyev uchun Nightfall ballistik raketasini ishlab chiqadi
11:17 / 06.11.2025
AQSh Minuteman III qit’alararo raketa sinovini o‘tkazdi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
10:20 / 10.07.2025