Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
Janubiy Koreya va AQSh prezidentlarining Seuldagi uchrashuvi oldidan Pxenyan mamlakat sharqiy qirg‘oqlari yaqinida dengiz tomon bir qancha qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi, deya xabar beradi Janubiy Koreya harbiylari.
Foto: EPA
Shimoliy Koreya shimoli-sharq tomon bir nechta ballistik raketa uchirdi, deya ma’lum qildi Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi 22 oktyabr, chorshanba kuni. Seulning aniqlik kiritishicha, «qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar ekanligi taxmin qilingan bir nechta raketalarni aniqlagan». Bu raketalar Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chjye Myon iyun oyida lavozimga kirishganidan buyon birinchi marta uchirilgan. Shimoliy Koreyaning avvalgi ballistik raketa uchirilishi may oyida qayd etilgan edi.
O‘z navbatida, Yaponiyaning yangi bosh vaziri Sanae Takaichi Pxenyanning raketa uchirishi uning mamlakati xavfsizligiga ta’sir qilmagani va Tokio real vaqt rejimida AQSh bilan ma’lumot almashayotganini aytdi, deb yozadi AFP.
Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari kelasi hafta Seulda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida uchrashishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Jinping bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
11 oktyabr kuni Kim Chen In boshchiligidagi Shimoliy Koreya rahbariyati Pxenyanda ikki yil ichida birinchi yirik harbiy paradni o‘tkazdi va u yerda yangi qit’alararo raketani namoyish qildi. KMTA davlat axborot agentligi "Xvason-20"ni «eng kuchli yadroviy strategik qurol» deb atadi. Unda aytilishicha, raketa masofasi Shimoliy Koreyaga AQShdagi nishonlarga zarba berish imkonini berishi mumkin. Paradda «Xvason-20»dan tashqari KXDR armiyasi boshqa qurollarni, jumladan gipertovushli raketalarni ham taqdim etdi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38